TILLITLAR

TILLITLAR (ing. tillite, till — valun gili) — muzlik yotqiziklari, morenalar. Zichlashgan, saralanmagan hosilalar boʻlib, dagʻal chaqiq jinslardan tarkib topgan, baʼzan metamorfizmga uchragan. Tillitlar tarkibida valunlar boʻlgan mayda donador massadan iborat. Dengiz choʻkindilari va muzning tarqalishi natijasida hosil boʻladigan dengiz Tillitlar (akvatillitlar) va pastki katlamdagi tub jinslarning harakatdagi muzlarida ularning tarkibida aks etadigan kontinental Tillitlar farq qilinadi. Tillitlar qad. muzlanishning qoldiklari boʻlib (q. Paleoiqlimshunoslik), ular erta proterozoydan va deyarli hamma kontinentlarda kechki proterozoy qatlamlarigacha maʼlum. Tillitlarning gorizontlari Sharqiy Yevropa platformasining yuqori rifey qatlamlari, Afrika, Avstraliya, Xitoy, Oʻrta Ural va Tyanshanning kechki proterozoy qatlamlarida uchraydi. Tillitlarning qalinligi oʻnlab va yuzlab m ga yetadi. Tillitlardan stratigrafiya, paleogeografiya muammolarini yechishda hamda choʻkindi foydali qazilmalari (temir rudasi) konlarini bashoratlashda foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: TILLITLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
ROSSIYA
YEVROPA
RIFEY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты