UCHTEPA — Jizzax viloyati Jizzax tumanidati qishloq, tuman markazi. Tumanning shim. da. Yaqin t. y. stansiyasi — Jizzax (15 km). Aholisi 10 ming kishiga yaqin (2004). Uchtepada 3 avtokorxona, «Jizzax don mahsulotlari», qurilish, mahsulotlarni qadoqdash korxonalari, non kti va b. bor. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, litsey, 2 kasbhunar kolleji, markaziy kutubxona va uning tarmoqlari, klub muassasalari, madaniyat uylari, muzey, madaniyat va istirohat bogʻi mavjud. Stadion, tennis korti faoliyati koʻrsatadi. Markaziy kasalxona, tibbiy dispanser ishlab turibdi. Uchtepa — Jizzax yoʻnalishida avtobuslar qatnaydi.