UCHTUT CHAQMOQTOSH KONLARI

UCHTUT CHAQMOQTOSH KONLARI — ashel, mustye va yuqori paleolit davrlarida tayyorlangan tosh qurollar uchun xom ashyo manbalari. Uchtut chaqmoqtosh konlari mil. av. 5—4 ming yilliklarga oid. 1958-y. Buxoro viloyati Navoiy tumanining Uchtut qishlogʻi yaqinidan Ya. Gʻulomov rahbarligidagi Mohrndaryo ekspeditsiyasi aʼzolari tomonidan topilgan va shu qishloq nomi bilan atalgan. 1961—67 y. lari M. R. Qosimov va 1967—80 y. lar T. Mirsoatov tomonidan oʻrganilgan. Konning umumiy mayd. 8000 m2 boʻlib, shundan 1000 m2 qazib oʻrganilgan va 32 ta chaqmoktosh koni ochilgan. Uchtut chaqmoqtosh konlari voronka yoki oval shaklida (eni 95—110 sm dan 4 — 5,5 m gacha, chuq. 5—5,5 m gacha) boʻlgan. Togʻ jinsiga 1—2 m qolganda konlar 3 — 4-martagacha kengayib borgan. Uchtut chaqmoqtosh konlarining tuproq qatlamidan saklanib qolgan qurol izlari shaxtalar qanday qurollar yordamida qazilganligini aniqlash imkonini beradi. Uchtut chaqmoqtosh konlarining tuproq qatlamidan bugʻuning kurak suyagi, yogʻoch qurollarning izlari, shaxtalar ichidan uchi silliqlangan hayvon shoxlari topilgan. Chaqmoqtoshlarni tosh qurollar b-n kavlab togʻ jinsidan ajratib, soʻngra ogʻir vazndagi qayroq toshlar bilan urib, bir necha boʻlaklarga boʻlganlar. Nam tortgan chaqmoqtosh moʻrtroq boʻlib, qurol yasash oson boʻlgan. Odamlar kon yaqinida chaqmoqtoshlardan qurollar yasab, ibtidoiy ustaxonalar vujudga keltirishgan. Bunday toshga ishlov berish joylari Qizilqumning boshqa r-nlaridan ham topilgan. Bunga Amudaryo boʻgʻozi yaqinidagi Sultonuizdogʻ toshkon makoni misol boʻla oladi. Hozirgacha Uchtut chaqmoqtosh konlaridan 35 xil tosh hamda hayvon shoxidan yasalgan qurollar topildi. Bular qad. odamlarning Uchtut chaqmoqtosh konlaridan uzoq muddat davomida xom ashyo manbai sifatida foydalanganini koʻrsatadi.


Lotin alifbosida maqola: UCHTUT CHAQMOQTOSH KONLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
TOSHKENT VILOYATI
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты