TINDAL EFFEKTI

TINDAL EFFEKTI — bir jinsli boʻlmagan xira optik muhitda yorugʻlikning sochilishi. Mas., shishadan yasalgan kub shaklidagi kyuvetka (vannacha)ga sut aralashtirilgan suv solib, uning asosidan yorugʻlik tushirilsa, bu yorugʻlik nurining izi anik, koʻrinib turadi. Agar kyuvetkaning yon tomonidan qaralsa, sochilayotgan yorugʻlik havo rang konus (Tindal konusi) koʻrinishida, kyuvetkadan oʻtayotganda esa qizgʻish boʻlib koʻrinadi. Kyuvetka yon tomonidan kuzatilayotganda yorugʻlikning havo rang koʻrinishda boʻlishi Reley qonuni asosida tushuntiriladi. Muhit zarralari oʻlchami yorugʻlik toʻlqin uzunligidan kichik boʻlsa, Tindal effekti yaxshi kuzatiladi. Bu hodisani ingliz fizigi J. Tindal (Tyndall) oʻrgangan (1868), shuning uchun uning nomi bilan yuritiladi. Kalloid zarralar va makromolekulalarning oʻlchami, shakli va konsentratsiyasini aniklashning baʼzi optik usullari Tindal effektiga asoslangan.


Lotin alifbosida maqola: TINDAL EFFEKTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FIZIKA
YER
OPTIKA
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты