UCHQULOCH

UCHQULOCH — Jizzax viloyati Forish tumanipagi shaharcha (1983-y. dan). Shim. sharqdan Aydarkoʻl sohillariga yondosh. Tuman markazi (Forish)dan 12 km shim. da. Yaqin t. y. stansiyasi — Jizzax (64 km). Axoliyey 4,7 ming kishi (2004).

Shaharchaning tarixiy nomi «Xonbandi» 10-a. da qoraxoniylar tomonidan qurilgan katta suv inshooti — toʻgʻondan olingan (hozirgacha saklangan). Toʻgʻon tarashlangan granit va chidamli maxsus qorishmadan bunyod etilgan. Uning yonida suv ombori boʻlgan. Vaqt oʻtib soylardan oqib kelgan choʻkindilar, loyqa suv omborini toʻldirib, toʻgʻonni yaroqsiz ahvolga keltirgan. Shundan soʻng odamlar bu yerdan koʻchib ketgach, yashnagan voha dasht, choʻlga aylangan.

1930-y. larda Pistali togʻ tizmasida qoʻrgʻoshin, rux konlari topilishi munosabati bilan Uchquloch yaylovida 1960 — 70 y. larda Uchquloch konchilar posyolkasi barpo etilgan. Xonbandi toʻgʻonidan 1,5 km jan. da shaharcha qurildi. Unga Uchquloch nomi berildi. Konchilar posyolkasi ham Uchqulochga ham qoʻshildi.

Uchqulochda, asosan, kon sanoati rivojlangan. Olmaliq konmetallurgiya ktining ruda koni, Gʻallaorol geologiyarazvedka ekspeditsiyasining guruhi, «Devon» korxonasi (marmar qazib olinadi), «Forteks» xususiy korxonasi (junni qayta ishlaydi), 2 umumiy taʼlim maktabi, kasalxona, poliklinika, tugʻruqxona, savdo, aloqa va kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari va b. faoliyat koʻrsatadi. Shaharchaga Olmaliq — U., Jizzax — U., Yangiqishloq — U. yoʻnalishlari boʻyicha avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.


Lotin alifbosida maqola: UCHQULOCH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
YAPONIYA
JIZZAX VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты