UCHQUN KAMERASI

UCHQUN KAMERASI — zaryadlangan zarralarning treklari (izlari) kuzatiladigan va qayd qilinadigan asbob; ishlash prinsipi zarralarning elektr kondensatorning gaz oraligʻidan uchib oʻtayotganda qosil boʻlayotgan uchqun razryadning kuchayishiga asoslangan. Uchqun kamerasining elektrodlari ikki yassi parallel plastinadan iborat. Plastina oraligʻi (odatda, 1+50 cm) He, Ne yoki ularning aralashmasi bilan toʻldiriladi. Ish hajmidagi bosim 1 atm. ga yaqin. Zaryadlangan zarralar tomonidan gazlar ionlashishi tufayli elektronlar hosil boʻlib, uchqun razryad vujudga keladi. Uchqun kamerasini dastlab 1957-y. da Kranshau va de Bir qoʻllashgan. Koʻpgina xrllarda Uchqun kamerasilar boshqa qayd qiluvchi detektorlar (mas, Cherenkov hisoblagichi, ionlash kamerasi) bilan birgalikda ishlatiladi.

Uchqun kamerasi larning bir necha xili mavjud: a) tor oraliqli Uchqun kamerasilar bir nechta elektrodlardan tuzilib, ikki elektrodi orasi 1 sm; b) elektrodlari 3550 sm da joylashtirilgan Uchqun kamerasilar (izli Uchqun kamerasilar) da uchqun razryad zarraning izi boʻylab kuzatiladi; v) strimer Uchqun kamerasi (plastinalar oraligʻi 5+20 sm) larda uz. 3 mm dan 10 mm gacha boʻlgan tolasimon yorqin kanallar — strimerlar hosil boʻladi, ularni apparat yordamida suratga olish mumkin. Magnit maydoniga oʻrnatilgan Uchqun kamerasilar yordamida kamerani kesib oʻtgan zarraning impulsini ham aniklash mumkin. Uchqun kamerasi hozirgi kunda yadro zarralari, yadro reaksiyalar, elementar zarralar va kosmik nurlarni oʻrganishda asosiy vositalardan biridir.


Lotin alifbosida maqola: UCHQUN KAMERASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ZARYADLI ZARRALAR HISOBLAGICHLARI
FIZIKA
TOSHKENT
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты