TINTORETTO (Tintoretto, asli Robusti, Robusti) Yakopo (1518.29.9 — Venetsiya — 1594.31.5) — italyan rassomi, Soʻnggi Uygʻonish davri Venetsiya maktabi namoyandasi. Bonifatsio Veroneze, Titsiandan taʼlim olgan. Tintorettoning ilk asarlaridayoq uning murakkab rakurslarni, keskin nur samarasini, xilmaxil harakatlarni mahorat bilan bera olishi namoyon boʻldi («Ioann Krestitelning tugʻilishi», 1540-y. lar oxiri, Ermitaj). Ommaviy sahnalardagi kishilarning holati, ularning hayratini mahorat bilan tasvirlashi («Avliyo Markhing moʻjizasi», 1548, Akademiya galereyasi, Venetsiya va b.) uni toʻla shakllangan ijodkor sifatida namoyon qildi, sof, nurli buyoklar ulkan taʼsirchan qudratga ega boʻlib bordi («Mariyaning ibodatxonaga kirishi», taxm. 1555, SantMariya del Orto cherkovi, Venetsiya), T. asosiy ishi — Skuola di SanRokko uchun yaratgan namoyonlar turkumi (1565—88)da xristian afsonalarini teran demokratik kayfiyatda talqin qiladi, unda xalq, sertashvish, romantik kayfiyat baxsh etuvchi manzara tasviriga aloxida eʼtibor beradi; batal janridagi «Zara yaqinidagi jang» (taxm. 1585, Dojlar saroyi, Venetsiya), «Maxfiy kechalar» (1592 — 94, SanJorjio Majore cherkovi, Venetsiya) asarlari mahobatliligi bilan diqkatga sazovor. Tintoretto yaratgan portretlar oʻta sodda va nozik ruhiyati bilan Rembrandt asarlari bilan raqobatlashadi («Avtoportret», taxm. 1590, Luvr va b.).