TINTUV

TINTUV — jinoiy ish boʻyicha dalillarni olishga qaratilgan tergov x. arakati. Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 158moddasiga koʻra, surishtiruvchi va tergovchi biror turar joy, xizmat, ishlab chiqarish. binosida yoki oʻzga joyda yoxud biror shaxsda ish uchun ahamiyatli boʻlgan narsa yoki hujjatlar bor deb oʻylash uchun yetarli maʼlumotga ega boʻlgan taqdirda Tintuv oʻtkazishga haqlidir. Tintuv qidirilayotgan shaxsni, shuningdek, murdani topish uchun ham oʻtkazilishi mumkin.

Tintuv surishtiruvchi yoki tergovchining asoslantirilgan qaroriga binoan, prokurorning sanksiyasi bilan oʻtkaziladi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda Tintuv prokurorning sanksiyasisiz oʻtkazilishi mumkin. Lekin bunday holda keyinchalik shu oʻtkazilgan Tintuv haqida 24 soat ichida prokurorga xabar qilinadi. Tintuv oʻtkazilayotganda xolislar ishtirok etishi shart. Tintuv umumiy va shaxsiy boʻladi. Umu mi y T. obyektiga bino, hovli va ochiq joylar, shaxsiy Tintuv obyektiga fukarolar kiradi. Shaxsiy Tintuv va olib qoʻyish quyidagi hollarda alohida qaror yoki ajrim chiqarilmasdan oʻtkazilishi mumkin: jamoat tartibini saklashga doir burchini bajarayotgan militsiya xodimi tomonidan gumon qilinuvchini ushlash chogʻida ushlanuvchining yonida qurol borligiga yoxud jinoyat sodir etganligini fosh qiladigan dalillardan qutulmoqchi ekanligiga yetarli asoslar boʻlganda; gumon qilinuvchi militsiya yoki ququqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinib, qonunga asosan uni ushlash xaqida bayonnoma tuzilganda; ayblanuvchiga nisbatan qamoqsa saqlash tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilayotganida, basharti uning yonida qurol, shuningdek, saqlanishi man etilgan buyumlar yoxud ish uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlar boʻlishi mumkin deb oʻylashga yetarli asoslar boʻlganida; olib qoʻyish yoki Tintuv oʻtkazilayotgan binoda yoki boshqa joyda turgan shaxs olib qoʻyish va Tintuv oʻtkazish haqidagi qarorga yoki ajrimga koʻra olinishi zarur boʻlgan narsa yoki hujjatlarni oʻz yonida yashirincha saklamoqda deb oʻylash uchun yetarli asoslar boʻlganida. Shaxsiy Tintuv tintilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan mutaxassis hamda xolislar ishtirokida oʻtkazilishi mumkin. Tintuv natijasida qoʻlga kiritilgan narsa va xujjatlar Tintuvda ishtirok etayotgan shaxslarga koʻrsatiladi, bayonnomada toʻliq aks ettiriladi. Bayonnomaning nusxasi tintilgan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila aʼzolariga, ular boʻlmagan taqdirda esa, tegishli hokimlik yoxud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi. Zarur hollarda olib qoʻyilayotgan hujjatlarning nusxalari beriladi.

Mirzayusuf Rustamboyev.


Lotin alifbosida maqola: TINTUV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TURAR JOY
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING PREZIDENTI
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты