UCHQOʻRGʻON GIDROUZELI

UCHQOʻRGʻON GIDROUZELI — Norin daryosi quyi oqimida, Qirgʻiziston Respublikasida barpo etilgan yirik gidrotexnika inshooti; Kamma Namangan kapali va Chapqirgʻoq Uchqoʻrgʻon kanallariga suv olishni taʼminlaydi, elektr energiyasi i. ch. da foydalaniladi. Gidrouzel toʻgʻoni 1964—66 y. larda hoz. koʻrinishda qurib bitkazilgan. Ombordagi suv bosimi 35,7 m dan 18,5 m gacha oʻzgarib turadi. Toʻgʻon jami 3300 m3/s gacha, shu jumladan, GES turbinasi orqali 760 m3/s suv oʻtkazish qobiliyatiga ega. Toʻgʻonning umumiy uz. 100 m, bal. 56 m.

Uchqoʻrgʻon gidrouzeli tarkibiga suv tushirgichli beton toʻgʻon, chap qirgʻoq tuproq toʻgʻon, Katta Namangan va Chapqirgʻok, Uchqoʻrgʻon kanallarining bosh suv olish rostlagichlari, GES binosi va ochiq suv taqsimlash qurilmalari kiradi. GES oʻzanli tipga mansub boʻlib, uning binosi toʻgʻonning chap qirgʻogʻida joylashgan ikki agregatli blokdan iborat. Turbinalarga suv toʻgʻon tanasining yuqori qismida joylashgan suv olgichlar vositasida uzatiladi, ulardan pastrokda umumiy suv sarfi 2320 m3/s boʻlgan 8 ta tubidan suv tashlagichlar qurilgan. Suv olgich va tubidan suv tashlagichlarni bunday holatda qoʻllash turbinalarga turli oqiziqlarning tushishiga yoʻl qoʻymaydi.


Lotin alifbosida maqola: UCHQOʻRGʻON GIDROUZELI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QIRGʻIZISTON
YER
ROSSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты