UCHQOʻRGʻON TUMANI

UCHQOʻRGʻON TUMANI — Namangan vshyuyatitgi tuman. 1935-y. 28-iyuldatashkil etilgan. 1962—73 y. larda, 1988-y. sent. dan 1989-y. gacha Norin tumani bilan qoʻshilgan. 1940-y. gacha Fargʻona viloyati, 1941-y. 6-martdan Namangan viloyati, 1960-y. dan 1967-y. gacha Andijon viloyati. 1968-y. dan esa yana Namangan viloyati tarkibida. Uchqoʻrgʻon tumani Viloyatning sharqiy qismida joylashgan. Shim. va sharkdan Qirgʻiziston Respublikasi, jan. dan viloyatning Norin tumani, gʻarbdan Uychi tumani, jan. sharkdan esa Andijon viloyatining Izboskan tumani bilan chegaradosh. Tumanda 1 shahar (Uchqoʻrgʻon), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Baxt, Yangiobod, Yangiyer, Yashiq, Qayqi, Qoʻgʻay, Qoʻgʻayoʻlmas, Hamza) bor. Mayd. 0,29 ming km2. Aholisi 136,5 ming kishi (2004). Markazi — Uchqoʻrgʻon sh.

Tabiati. Tuman viloyatning shim. sharqidagi tekislikda joylashgan (bal. 500 m). Shim. gʻarbidan Norin daryosi oqib oʻtadi. Katta Fargʻona, Katta Andijon, Haqqulobod, Damariq, Ingichka, Chap sohil, Birlashgan kanallaridan ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi.

Iklimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha t-rasi 24—27°, eng baland tra 42°, yanv. da —22°, —24° gacha sovuq boʻladi. Yiliga 250 mm yogʻin yogʻadi. Tuprogʻi, asosan, boʻz tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan tol, jiyda, shumtol, terak, shuvoq, yantoq, qoʻngʻirbosh, qiyoq, chitir, qoʻytikan oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyaboʻri, kalamush, yumronqoziq, dala sichqoni uchraydi. Qushlardan qaldirgʻoch, laylak, musicha, boyoʻgʻli, chumchuq, mayna, bulbul, qorayaloq, zagʻizgʻon, oʻrdak, qizilishton, sassiqpopishak, bedana va b. ; sudraluvchilardan turli xil ilonlar, kaltakesaklar va echkemar bor. Suvlarida laqqa, sazan, ondatra mavjud.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, tatar, tojik, rus, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi. Axrlining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 471 kishi (2004). Shahar aholisi 33,3 ming kishi, qishloq aholisi 103,2 ming kishi.

Xoʻjaligi. Uchqoʻrgʻon tumani viloyatning iqtisodiy jihatdan rivojlangan tumanlaridan biridir. Tuman qududida qadimdan hunarmandchilik, kulolchilik, ip yigirish, toʻqimachilik va b. sohalar ham mavjud boʻlgan.

20-a. ning 10-y. laridan boshlab Uchqoʻrgʻon, Yakubinskiy, Beruzlik va Boydeda paxta tozalash z-dlari qurildi. 1914-y. Norin daryosi ustiga koʻprik qurilib, t. y. Uchkoʻrgʻon sh. gacha uzaytirildi. Uchqoʻrgon sh. yaqinida neft va toshkoʻmir konlari ishga tushirildi. Uchqoʻrgʻon va Koʻgʻay paxta tozalash z-dlari, «Uchqoʻrgʻon yogʻ», Qoʻgʻay taʼmirlash, «Uchkoʻrgʻon don mahsulotlari». «Uchqoʻrgʻonnon», pivo va salqin ichimliklar, «UchqoʻrgʻonTekstil», gʻisht, asfalt z-dlari, bir necha yirik qurilish tashkilotlari, avtokorxona, qoʻshma va kichik xususiy korxonalar ishlab turibdi.

Q. x., asosan, paxtachilikka ixtisoslashgan. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik va chorvachilik ham rivojlangan. Tumanda 13 shirkat, 390 dan ziyod fermer va 26,7 ming dehqon xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Umumiy ekin mayd. 21,9 ming ga, shundan 11,7 ming ga yerga paxta, 7,3 ming ga yerga gʻalla, 1,1 ming ga yerga sabzavot, 382 ga yerga kartoshka, 159 ga yerga poliz va 670 ga yerga beda ekiladi. Tumandagi jamoa va xususiy xoʻjaliklarda 33,6 ming koramol (shu jumladan, 12,3 ming sigir) boqiladi. Shuningdek, qoʻy, parranda ham bor. Pillachilik rivojlangan.

Uchqoʻrgʻon tumani Qoʻqon—Andijon—Toshkoʻmir t. y. yoqasida joylashgan. Uchqoʻrgʻon t. y. stansiyasi orqali Andijon—Namangan — Toshkent, Qoʻqon—Andijon yunalishlarida poyezdlar qatnaydi. Tumanda 219 km uzunlikda umumiy foydalanish yoʻllari, 192,1 km ichki xoʻjalik yoʻllari bor.

2003/2004 oʻquv yilida tumanda 43 umumiy taʼlim maktabi, oʻqish jarayoni chuqurlashtirilgan gimnaziya va litsey maktablarida 31,5 ming oʻquvchi taʼlim oldi. 5 kasbhunar kolleji (3,4 ming oʻquvchi), sport internatlitseyi (343 oʻquvchi), maxsus karsoqovlar internati (252 oʻquvchi) faoliyat koʻrsatadi.

Tumanda madaniyat saroyi, 11 madaniyat uyi, musiqa maktabi, 41 kutubxona (505,2 nusxa asar), 20 badiiy havaskorlik ansambli bor. Uchqoʻrgʻon tumanida sportsogʻlomlashtirish markazi, «Paxtakor» stadioni, 48 sport zali, 26 futbol maydoni, 200 voleybol, 47 basketbol, 33 minifutbol maydonlari mavjud. «Zaynobiddin» karate klubi, «Xumo» chim ustida xokkey, «Turon» milliy kurash seksiyalari ishlab turibdi. Markaziy kasalxona (260 oʻrin), 2 poliklinika, Qoʻgʻay hududiy kasalxonasi (155 oʻrin), Qayqi qishloq uchastka kasalxonasi (65 oʻrin), Qoʻgʻayoʻlmas qishlogʻida hududii yuqumli kasalliklar kasalxonasi (60 oʻrin), Hamza qishlogʻida sil kasalligiga qarshi kurashish dispanseri (40 oʻrin), Yangiyer qishlogʻidagi teritanosil kasalliklari kasalxonasi (30 oʻrin), 10 qishloq vrachlik punkta, qishloq vrachlik ambulatoriyasi, Uchqoʻrgʻon don mahsulotlari korxonasiga qarashli shahar vrachlik punkta, 23 feldsherakusherlik punkti, 10 stomatologiya boʻlimi, 3 vrachlik sogʻlomlashtirish punkti, Uchqoʻrgʻon sh. va Qoʻgʻay qishlogʻidagi 2 tez tibbiy yordam koʻrsatish boʻlimlari hamda ularning 5 shoxobchasida 374 vrach, 1870 oʻrta tibbiy xodim xizmat qiladi. «Nihol» ona va bola sanatoriysi ishlab turibdi.

1997-y. dan «Yorqin hayot» tuman gaz. (adadi 5 ming), shuningdek, 1999-y. dan «Uchqoʻrgʻon gʻunchalari» gaz. nashr etiladi (adadi 3300).


Lotin alifbosida maqola: UCHQOʻRGʻON TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
NAMANGAN VILOYATI
ANDIJON VILOYATI
QIRGʻIZISTON
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты