UELLER

UELLER (Weller) Tomas Xakl (1915. 15.6 — AinArbor, Michigan shtati) — amerikalik vrachvirusolog. Amerika Fan va sanʼat akademiyasi, AQSH milliy FA aʼzosi (1964). Michigan un-tini tugatgan (1936), fan d-ri (1940). Bostondagi Garvard tibbiyot maktabida, bolalar kasalxonasida, Pediatriya markazida (1936—47), Garvard sogʻliqni saqlash maktabida ishlagan. 1954-y. dan tropik tibbiyot boʻlimi boshligʻi va prof.). Ilmiy faoliyati parazitologiya, tropik tibbiyot, bakteriologiya, suvchechak, uchuq, sitomegaliya, poliomiyelit viruslari kulturasiga oid.

F. Robbins va J. Enders bilan hamkorlikda poliomiyelit virusi neyrotrop emasligini va viruslar yetishtirishda hujayralar kulturasi usulini ishlab chiqqan, bu virusologiyaning tez rivojlanishiga imkon berdi. Nobel mukofoti laureati (1954; F. Robbins va J. Enders bilan hamkorlikda).


Lotin alifbosida maqola: UELLER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
FRANSIYA
SOGʻLIQNI SAQLASH
TIBBIYOT
VIRUSLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты