UELS

UELS, Uels (Wales) — Buyuk Britaniyannj maʼmuriysiyosiy qismi (tarixiygeografik hudud). Uels ya. o. va unga yondosh Anglsi o. da joylashgan. Mayd. 20,8 ming km2. Aholisi 3 mln. kishiga yaqin (2000). Eng katta shahri — Kardiff. Maʼmuriy jihatdan 8 graflikka boʻlingan. Tub aholisi — valliy (uels) lar.

Yer yuzasining koʻp qismi togʻlik. Eng baland joyi 1085 m. Iqlimi moʻtadil dengiz iqlimi. Oʻrmon, oʻtloq va yalangliklar bor. Toshkoʻmir, temir va polimetall rudalari konlari mavjud.

Uels xududida qadimda kimvrlarning kelt qabilalari yashagan. Anglosaks (5— 6-a. lar) va normand (Pa.)larning Britaniya o. larini bosib olishlari natijasida Uels hududidagi kelt qabilalaridan biri boʻlgan brittlarning bir qismi boshqa joylarga koʻchirilgan. 13a. oxirida Uels hududini Angliya egallab olgan (1536-y. gacha muxtor knyazlik). 1301-y. dan ingliz taxtining vorislari «Uels shahzodasi» unvoniga egadirlar.


Lotin alifbosida maqola: UELS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
YER
TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты