TIOSULFAT KISLOTA VA TIOSULFATLAR

TIOSULFAT KISLOTA VA TIOSULFATLAR, tiosulfat kislota, H2S2O3 — 2 asosli beqaror kislota; sulfat kislota hosilasi. Sulfat kislotadagi 1 ta kislorod atomi oltingugurt atomiga almashinishi natijasida hosil boʻladi. Tiosulfat kislota oʻz tuzlari — tiosulfatlarga kislotalar taʼsir ettirilganda oraliq mahsulot sifatida hosil boʻladi va suvli eritmada parchalanadi. Tiosulfatlardan fakat bir qatorning vakillari — Me2S2O3 (bu yerda Me — ishqoriy metall) tarkibli tuzlar maʼlum. Tiosulfatlar juda barqaror, rangsiz, suvda yaxshi eriydi. Bulardan natriy tiosulfat amaliy ahamiyatga ega (q. Natriy).


Lotin alifbosida maqola: TIOSULFAT KISLOTA VA TIOSULFATLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NATRIY
TUZLAR
KISLOROD
YER
ANORGANIK BIRIKMALAR NOMENKLATURASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты