TIOFEN

TIOFEN, C4H4S — benzol hidli rangsiz suyuklik. Mol. m. 87,04. Suyuqlanish trasi — 38,3°, qaynash trasi 84, G, zichligi 1064,4 kg/m3. Suvda oz, uglevodorodlar va b. organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Tiofen aromatik birikmalarning xossalarini namoyon qiladi. Oson galogenlanadi, sulfidlanadi va alkillanadi. Tiofen asosida alifatik karbon kislotalar, oksikislotalar, yuqori spirtlar, ketonlar, atsetallar, oddiy efirlar, aminlar, aminospirtlar, turli aminokislotalar va laktamlar hamda yuqori sikloalifatik birikmalar olinadi. Neft uglevodorodlari fraksiyasi, oltingugurt yoki uning oddiy birikmalari (SO2 va H2S) T. olish uchun manba hisoblanadi. Tiofendan yuzlab birikmalar (biologik faol birikmalar, polimerlar uchun yordamchi moddalar, elementlarni ajratish reagentlari va h. k.) sintezlangan.


Lotin alifbosida maqola: TIOFEN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO
SPIRTLAR
ORGANIK KIMYO
NEFT
KARBON KISLOTALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты