UYA

UYA — hayvonlar bolalash maqsadida va boshpana sifatida foydalanadigan pana joy. Umurtqasizlardan hasharotlar, ayniqsa, xilmaxil uya quradi. Umurtqalilar orasida ayrim baliqlar (tikan baliq), suvda va quruqlikda yashovchilar (Yava kurak oyoqli bakasi), sudralib yuruvchilar (ayrim toshbaqalar va timsoxlar), koʻpchilik qushlar, bir qancha sut emizuvchilar (kemiruvchilar, odamsimon maymunlar, oʻrdakburun) U. quradi. Sudralib yuruvchilar (ayrim toshbaqalar, timsoxlar) Uyasi qumda qazib, choʻp va barglar toʻldirilgan chuqurdan iborat. Kushlar Uyasi juda xilmaxil. Eng oddiy Uya xaschoʻp toʻshalgan yer yuzasidagi chuqurcha shaklida boʻladi. Vahmaqush, toʻqimachi, zargʻaldoq kabi qushlar oʻsimlik tolalaridan ancha murakkab Uya qurishadi. Koʻpchilik kemiruvchilar (sugʻurlar, yumronqoziqlar) va bir qancha qushlar Uyasi in ichida joylashgan kameradan iborat. Ayrim yirtqich sut emizuvchilar daraxt kovagida Uya quradi. Yirik qushlar, sut emizuvchilar (olmaxon) U. dan bir necha (baʼzan 10 va koʻproq) yil davomida foydalanishadi. Bir qancha xayvonlar koloniya boʻlib uya quradi (mas, qushlar bozori). Koloniya boʻlib yashash yirtqichlardan hymoyalanishda, bolalarini tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.


Lotin alifbosida maqola: UYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SUDRALIB YURUVCHILAR
SUVDA VA QURUQLIQDA YASHOVCHILAR
BALIQLAR
Shoxrux - Leyli


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты