UYALI TELEFON, qoʻl telefon — simsiz telefon turi. Har bir abonent (uyali telefon apparati) muayyan bir uyali telefon kompaniyasining telefon tarmogʻidagi baza st-yaga bogʻlanadi. har k,aysi baza st-yada «uyalar» boʻladi (nomi shundan). Har bir uyaga bir necha kanal biriktirib qoʻyiladi; tarmoqning kattakichikligiga qarab uyalar soni har xil boʻladi. Uyali telefon apparati qaysi kompaniya tarmogʻining baza st-yasiga ulanganligiga qarab uning aloqa bogʻlash doirasi chegarasi har xil boʻladi. Baʼzi abonentlar faqat bir shahar doirasida aloqa bogʻlay olsa, baʼzilari boshqa shaharlar va hatto boshqa mamlakatlar bilan ham aloqa bogʻlay oladi. Butun yer kurrasini qamrab oladigan xizmat koʻrsatish zonasini faqat baza st-yalar vazifasini sunʼiy yoʻldoshlar bajaradigan Uyali telefon tarmogʻida yaratish mumkin. Uyali telefon tarmoqlarining barcha baza styalari birbirlari bilan oʻzaro bogʻlangan boʻlishi, shu bilan birga umum foydalanadigan simli telefon tarmogʻiga ulana olishi lozim. Shundagina qoʻl (mobil) telefon apparati egasi muqim (simli) telefon apparati egasi bilan bogʻlanishi mumkin. Bunga radiorele liniyalar yordamida, yo boʻlmasa, mis kabel yoki tolali optik telefon aloqa liniyalari yordamida erishiladi. Uyali telefon yordamida abonent boshqa abonent bilan gaplashishdan tashqari, matnli va faksimil xabarlarni, internet grafiklari va b. ni uzata oladi. Buning uchun Uyali telefon apparati ixcham koʻchma kompyuterga ulanadi. Telefonning tipiga qarab, maxsus modem yoki oddiy kabel (ichki dasturli modelini ulash uchun) talab qilinadi. Eng oddiy modeldagi Uyali telefon apparati ham haqiqiy mikrokompyuterdan iborat. Murakkab apparatlarda esa kompyuterlar bilan bajariladigan barcha operatsiyalarni bajarish (har xil oʻyinlar oʻynash, suratga olish va uni saqlash, «telefon qilgan» boshqa abonentning raqamini qayd qilish, vaqtinchalik oʻchirib qoʻyish va b.) mumkin.
Dastlab 20-a. 80-y. larida qoʻl telefon aloqa, asosan, analog texnologiyalarga asoslangan, keyinroq Uyali telefonda aloqa tizimi sof raqamli tizimga oʻtgan. Yevropa mamlakatlarining deyarli har birida oʻz milliy tarmogʻi ishlab chiqilgan (mas, Fransiyada Radiocom 2000). Uyali telefonga doyr xalqaro hamkorlik dastlab koʻchma radioaloqa tizimi masalalari boʻyicha nemisfransuz tadqiqotlari natijasi sifatida pochta va kommunikatsiyalar maʼmuriy xodimlarining Yevropa konfederatsiyasi SERT (Conference des admi nistrations Europcennes des Postes et Telecommunications) rahbarligida tashkil etildi. 1982-y. bu int 26 Yevropa mamlakatini, aniqrogʻi pochta, telefon va telegraf aloqa RTT (Post, Telephone and Telegraph) maʼmuriy muassasalarini birlashtirdi. Shu tariqa Yevropa konferensiyam «Mobil aloqani ishlab chiqish boʻyicha maxsus guruh» (GSM) ni tuzdi. Keyinchalik u «Mobil aloqa global tizimi» deb atala boshladi. Yevropa hududida bu tizim 1993-y. arafasida toʻliq faoliyat koʻrsata boshladi. GSM tizimi boshidanoq xalqaro koʻlamdagi tizim sifatida ishlab chiqilgan. Barcha qitalardagi koʻp mamlakatlar unga qoʻshilgan. Uyali telefon tizimi inson hayotining barcha sohalariga kirib keldi. GSM tarmoklari abonentlarining soni dunyoda 200 mln. kishidan oshib ketdi (2005).
Oʻzbekistonda ham bir necha Uyali telefon kompaniyalari faoliyat koʻrsatmokda. Ular eng keng tarkalgan zamonaviy Uyali telefon aloqa standartlari — AMPS/ DAMPS, GSM, CD MA dan foydalanadi. Respublikada quyidagi bir necha Uyali telefon kompaniyalari faoliyat yuritadi: «Oʻzdunrobita» Oʻzbekiston — Amerika QK (1992-y. ishga tushgan; Oʻzbekistondagi 1000 dan ortiq shahar va aholi yashash punktlarini ishonchli Uyali telefon aloqasi bilan taʼminlagan); BUZTEL GSM (Bakri Oʻzbekiston telekom) kompaniyasini Indoneziyaning «Bakri kommyunikeyshn» kompaniyasi 1996-y. taʼsis qilgan (eng arzon tarifli kompaniya); COSCOM kompaniyasi Oʻzbekiston — Amerika QK (1997-y. ishga tushgan; Oʻzbekistonda GSM tarmoklari eng keng tarqalgan); «Oʻzmakom» kompaniyasi (Malayziyaning «Superior Kommyunikeyshne» kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokida 1996-y. tashkil qilingan; asosan, Toshkent sh. va unga yaqin hududlarga xizmat koʻrsatadi); Koreyaning «Daewoo Unitel» kompaniyasi (1997-y. ishga tushgan, Oʻzbekistonning barcha hududlariga xizmat koʻrsatadi), RWC (Rubicon Wireless Communications) Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi (1997-y. ishga tushgan, Toshkent sh. va Toshkent viloyati hududida xizmat koʻrsatish doiralarini borgan sari kengaytirib boradi). Oʻzbekistonda Uyali telefon xizmatiga ehtiyoj koʻpayayotganligi uchun yana boshka yangiyangi kompaniyalar tuziladi.