TIPOLOGIYA

TIPOLOGIYA (tip va…logiya) — obyektlarni mavhum, umumlashgan model (tip)lar yordamida ilmiy tasnif qilish usuli. Bunda oʻrganilayotgan obyektlarning eng muhim struktur (tarkibiy) va funksional xususiyatlari kayd etiladi. Tipologiyaning asosiy xususiyati shundaki, u nafaqat oʻrganilgan, bilib olingan obyektlarni tasnif kilish, balki u yoki bu davrdagi fanga xdli maʼlum boʻlmagan obyektlarning mavjud boʻla olishini avvaldan koʻrsatish (aniklash)ga ham imkon beradi (mas., D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi). Ilmiy tafakkurning universal usullaridan biri boʻlgan Tipologiya oʻrganilayotgan obyektlar oʻrtasidagi oʻxshashlik va tafovutni ochib berishga, ularni aynan oʻxshatish, tenglashtirish yoʻllarini topishga asoslanadi va koʻplab fan sohalarida qoʻllanadi, biroq xilmaxil xossali obyektlari koʻp boʻlgan biol. kimyo, geogr. tilshunoslik, psixologiya kabi fanlarda samarali foydalaniladi.

Tilshunoslikda Tipologiya — umuman til tuzilishining muhim belgilarini alohida, ayrim olingan tillar qurilishini oʻrganish va ularni har tomonlama taqqoslash asosida aniqlovchi va umumlashtiruvchi tilshunoslik boʻlimi. Tipologik metodlar turlituman tillarning fonologiyasi, morfologiyayetl, sintaksist va leksiGʻsosidagi oʻxshashliklar va tafovutlarni aniklashga, lingvistik universaliyalarni, shuningdek, tillarning tiplarini — til kurilishi tabiati haqidagi umumlashgan, mukammal xrldagi tushunchalarni belgilashga qaratilgan. Tillarning tiplari grammatikada tushunchalarni anglatish usuliga, munosabatlarni ifodalash texnikasiga va birikish, boglanish darajasiga qarab aniqlanadi. Tipologik tadqiqotlar til tizimining alohida, ayrim kichik tizimlari asosida ham olib boriladi, shu tufayli fonologik, morfologik, sintaktik va semantik Tipologiyalar farklanadi. Ikki yoki undan ortiq qarindosh yoki qarindosh boʻlmagan har xil tizimdagi tillarning ayrim xususiyatlarini qiyosiy Tipologiya oʻrganadi. Aniklanadigan tipologik belgilar maʼlum bir kichik tizimning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiradi, lekin til qurilishida ular turli nisbatlarda birikadi, shuning uchun mazkur belgilardan biri asosiy, yetakchi hisoblanadi. Soʻzning tarkibiy tuzilishi asosida tillarning morfologik (tipologik) tasnifi yaratildi, biroq tadrijiy taraqqiyot natijasida tilning tipi oʻzgarishi mumkinligi sababli tillarning tiplari sof holda uchrashi isbotlanmagan. Tilshunoslik sohasidagi tipologik tadqikrtlar nemis olimi F. Shlegel asarlaridan boshlangan. Keyinchalik tillar Tipologiyasi boʻyicha nemis olimlari A. V. Shlegel, V. Gumboldt, X. Shteyntal, A. Shleyxer, amerikalik E. Sepir, chex V. Skalichka, fransuz A. Martine, ruslardan F. F. Fortunatov, I. I. Meshchaninov, B. Uspenskiy, Yu. V. Rojdestvenskiy, V. N. Yarseva va b. tadqiqotlar olib borganlar. Oʻzbekistonda ham A. Abduazizov, J. Boʻronov, Q. Toymetov va boshqalar Tipologiya masalalari bilan shugʻullanganlar.

Ad.: Uspenskiy B. A., Strukturnaya tipologiya yazыkov, M., 1965; Teoreticheskiye osnovoʻ klassifikatsii yazыkov mira, M., 1980. Abduvahob Madvaliyev.


Lotin alifbosida maqola: TIPOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
KIMYO
TILSHUNOSLIK
FRANSIYA
PSIXOLOGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты