TIR — Finikiya (hoz. Livandagi Sur sh.)dagi dengiz boʻyi shahardavlati. Mil. av. 4ming yillikda asos solingan. Mil. av. 1ming yillikda ravnaq topgan. Mil. av. 3—2ming yillikda muhim hunarmandchilik va savdo markazi. 2ming yillikda (tanaffuslar bilan) Misr taʼsirida boʻlgan. Tir liklar Oʻrta dengiz orollari (Kipr, Sitsiliya va b.), Shim. va Gʻarbiy Afrika va Ispaniyada bir qancha koloniyalar (manzilgohlar) barpo etganlar. Mil. av. 10-a. da Tir gegemonligi ostida vujudga kelgan TirSidon podsholigi Finikiyaning butun dengiz sohyli ustidan hukmronlik qilgan. Mil. av. 8-a. da T. Ossuriyaga, mil. av. 6-a. boshidan Yangi Bobil podsholigiga, mil. av. 6-a. ning 2yarmidan Axomaniylar davlatiga karam boʻlgan. Mil. av. 332-y. uzoqmuddat dengiz va quruklikdan qamal qilingandan keyin Tir Aleksandr tomonidan egallangan. Ellinizm davrida T. Ptolemeylar, Salavkiylar davlati tarkibida, mil. av. 64 y. dan Rimning Suriya provinsiyasiga ichki muxtoriyatini saklagan xolda kirgan. Arablar istilosiga qadar (7-a.) Sharqiy Oʻrta dengizning yirik savdo markazi boʻlib qolgan. Tirda arxeologik qazish ishlari fransuz arxeologi E. Renan (19-a. ning 2yarmi), A. Puadebar (20-a. ning 40-y. lari) tomonidan olib borilgan. Tir Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.