TIRANA

TIRANA — Albaniya poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Adriatika dengizidan 40 km masofada, togʻ oraligʻidagi vodiyda joylashgan. Tirana retining maʼmuriy markazi; alohida maʼmuriy birlik. Aholisi 245 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Iklimi subtropik, iyulning oʻrtacha trasi 24°, yanv. niki 4—5°. Yillik yogʻin 1350 mm dan ziyod.

Tirana — transport yoʻllari tuguni. Tirana orqali Durres porti bilan bogʻlangan. Shahar yaqinida Rines aeroporti bor. T. va uning atrofidagi korxonalarda mamlakat sanoat mahsulotining 1/5 qismi ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik, metallsozlik, mashinasozlik, oziq-ovqat. Shuningdek, oynakeramika va koʻnpoyabzal sanoatlari ham rivojlangan. Tirana — yogʻoch, kumush, keramikaga badiiy ishlov berish markazi.

Tirana qoʻlyozmalarda kichik manzilgoh sifatida 15-a. dan tilga olingan. 17-a. boshida shahar barpo qilingan. 1920-y. dan Albaniya poytaxti. Tirana binolari qad. Sharqqa xos uslublarda qurilgan eski va zamonaviy yangi qismdan iborat. Iskandarbek maydoni atrofida hukumat idoralari, maʼmuriy binolar joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklardan masjid (17a.) va minora saqlangan. Unt (1957), Albaniya FA, intlar, milliy tarix muzeyi, tasviriy sanʼat galereyasi va b. bor. Tirana yaqinidan kumir kazib olinadi.


Lotin alifbosida maqola: TIRANA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
ALBANIYA
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты