TIRE

TIRE (frans. tiret — chiziqcha; choʻziq narsa) — hoz. oʻzbek tilida keng qoʻllanadigan, gorizontal chiziqcha (—) shaklidagi tinish belgisi. Tire rus yozuvida 18-a. dan, oʻzbek yozuvida esa 19-a. ning 70-y. laridan qoʻllana boshlagan. Aralash holda, yaʼni gapning boshida va oʻrtasida, shuningdek, yakka va takror (qoʻshaloq) holda qoʻllanuvchi tinish belgilaridan. Tire yakka holda qoʻllanganda, gaplar va gap boʻlaklarini ajratish, takror (qoʻsh T.) holda ishlatilganda esa, maʼlum boʻlaklarni chegaralash, chegaralangan boʻlakning maʼnosini taʼkidlash, boʻrttirish, emotsionallikni oshirish kabi vazifalarni bajaradi.

Hoz. oʻzbek tilida Tire sodda va qoʻshma gaplar tarkibida qoʻllanib, quyidagi vazifalarni bajaradi: a) gaplarni, gap boʻlaklarini ajratadi; b) gaplar, gap boʻlaklari va ayrim sintaktik tuzilmalarni chegaralaydi; v) turli xil maqsadlar — emotsional—ekspressiv holatlarni ifodalaydi; g) tushirib qoldirilgan ayrim boʻlaklar oʻrnini qoplaydi (Yaxshidan ot krlar, yomondan — dod). Grammatik va intonatsion jihatdan mustaqil gap boʻlaklari har ikki tomondan Tire bilan ajratiladi. Bunda ajratilgan boʻlakning har ikki tomonidan qisqa pauza boʻladi (Togʻalarim — Egamberdi va Rahimberdi — meni bir-bir quchoklab, ishga beriladilar. — Oybek). T. ikki yoki undan ortiq atokli otning birikuvidan tuzilib, biron tashkilot, muassasa, taʼlimot, narsahodisalar nomini anglatuvchi soʻzlar orasida (Karpov — Kasparov matchi, Boyl—Mariott qonuni), shuningdek, makon, zamon va miqdor chegarasini biddiruvchi ikki yoki undan ortiq soʻzlar (raqamlar) orasida ham (30—40y. lar, XIX—XX alar) qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: TIRE haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TINISH BELGILARI
QOʻSHMA GAP
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты