TIRIK TUGʻUVCHI OʻSIMLIKLAR

TIRIK TUGʻUVCHI OʻSIMLIKLAR (plantae viviparae) — ona oʻsimlikning yer ustki organlari (meva, gul, toʻpgul va barglari)da mayda yashil oʻsimliklar shakllanib, yerga toʻkilgach, yetuk individga aylanadigan oʻsimliklar. Mangro oʻrmonlaridagi koʻp oʻsimliklarning osinchoq mevalarida yirik oʻsimtalar (oʻsimlikcha) rivojlanadi. Boshqa Tirik tugʻuvchi oʻsimliklarning gul oʻrni va toʻpgullarida vegetativ kurtaklar rivojlanib, ular ona oʻsimliqdan ajralmasdan oʻsadi va yosh oʻsimlikka aylanib toʻkiladi, soʻngra normal koʻkaradi.

Bunday oʻsimliklar koʻpincha shim. hududlarda, togʻlar, quruq dasht va choʻllarda oʻsadi, chunki bunday yerlarda vegetatsiya davri qisqa boʻlgani uchun pishib ulgurmaydi. Bir qancha Tirik tugʻuvchi oʻsimliklar (briofillyum, baʼzi tropik qirqquloqlar va b.) bargida meristema hujayralari toʻplanib, yangi yosh oʻsimlikka aylanadi.


Lotin alifbosida maqola: TIRIK TUGʻUVCHI OʻSIMLIKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
TOSHKENT
OKEAN
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты