TIRKAMA

TIRKAMA — dvigatelsiz gʻaldirakli transport vositasi. Dvigatelli transport vositasi (avtomobil, traktor)ga tirkab ishlatiladi (nomi shundan). Oddiy va maxsus, bir, ikki va koʻp oʻqli turlari boʻladi. Oddiy 2 oʻkdi Tirkama berk kuzov yoki bortli platforma bilan jihozlanadi. Maxsus Tirkamaga muayyan yukni (mas., paxtani) tashish uchun moslashtirilgan kuzov oʻrnatiladi. Uzun yuklar (trubalar, taxtalar va b.) uchun maxsus 2 gʻildirakli (bir oʻqli) Tirkama ulamadan foydalaniladi. Bunday Tirkama shatakchi mashinaga yukning oʻzi orqali tutashtiriladi. Tirkamaga turli jihozlar (mas., kompressor styalar)ni oʻrnatish ham mumkin. Oddiy bir oʻqli Tirkamaning yuk koʻtaruvchanligi 2 t dan, ikki oʻqliniki 8 t dan oshmaydi; boʻlinmaydigan yirik yuklarni tashish uchun moʻljallangan Tirkama niki —20—25 t. T. larning barchasi yeʻritish asboblari, gabarit chiroklari, tanish belgilari bilan taʼminlanadi.


Lotin alifbosida maqola: TIRKAMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TRAKTOR
AVTOMOBIL
TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
AVTOMOBIL TRANSPORTI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты