TIRNOQ

TIRNOQ, changal — barmoqlarni himoya qiluvchi shoxeimon tuzilma. Odam, maymun va chala maymunlar barmoqlari uchida hosil boʻladi. Tirnoq barmoq bolishi ustidan chiqqan erkin qism, tana va iddizdan iborat. Tirnoq oʻrnining ildiz va chuqurcha bilan qoplangan qismi matritsa deyiladi, shu matritsa hujayralarining koʻpayishi tufayli Tirnoq uchiga qarab astasekin oʻsib boradi. Tirnoq bir kechakunduzda oʻrta hisobda 0,1—0,2 mm usadi; taxm. 100 kunda toʻliq yangilanadi. Tirnoq oʻsishi kishining yoshi, jinsi, organizmning umumiy holati va b. omillarga bogʻliq, mas., bolalar tirnogʻi kattalarnikiga nisbatan tezrok, yoki qishda yozdagidan sekinroq oʻsadi. Tirnoq uz. 10—15 mm, eni 10—17 mm, qalinligi 0,30—0,37 mm, ayollarda kichikroq va yupqaroq boʻladi. Sogʻlom kishining tirnogʻi bir oz boʻrtib chiqqan, silliq, tiniq va rangeizdir.

Suvda va quruqlikda yashovchilar tirnogʻi epidermis shoxeimon qavatining qalinlashuvidan hosil boʻladi. Chin T. koʻpchilik sudralib yuruvchilarga, barcha qushlarga va talaygina sut emizuvchilarga xos. Tirnoq harakatlanishda yordam beradi, shuningdek, himoya va hujum organidir. Ayrim sut emizuvchilar (mas., otlar)da koʻrinishi oʻzgargan Tirnoq — tuyoq bor.

Tirnoq kasalliklariga kislota, ishqor taʼsiri, shikastlanish, infeksiya (bakteriya, zamburutlar) va b. sabab boʻladi. Onixiya va Tirnoqni oʻrab turgan toʻqimaning yalligʻlanishi — paronixiya koʻproquchraydi. Paronixiya Tirnoq atrofida paydo boʻlgan «sochiq»lar, moddalar almashinuvi kasalliklari, mas., qandli diabet, shikastlanishlar okibatida kelib chiqadi. Turli kasalliklarda Tirnoqning rangi oʻzgarib, moʻrt, uvalanuvchan boʻlib qoladi. Trixofitiya, mikrosporiya, epidermofitiya, kandidoz, kal zamburugʻlari Tirnoqning zamburugʻ kasalliklarini vujudga keltirishi mumkin. Surunkali infeksion kasalliklar — sil, moxov; teri kasalliklari — psoriaz, ekzema, nafas yoʻli (bronxoektaziya), yuraktomir, ichki sekretsiya va nerv sistemasi kasalliklarida ham Tirnoqda oʻzgarishlar kuzatiladi. Poyabzal tor boʻlib, oyoq barmoklarini qisishi, Tirnoq larning zarbdan shikastlanishi oqibatida Tirnoq ichga usadi, bunda Tirnoq bolishi yalligʻlanadi. Tirnoqda oʻzgarishlar roʻy berganda mutaxassis vrachga uchrashish lozim.


Lotin alifbosida maqola: TIRNOQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ODAM
SUVDA VA QURUQLIQDA YASHOVCHILAR
TOSHKENT
ILDIZ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты