TIRREN DENGIZI — Oʻrta dengizning bir qismi, yarim yopiq dengiz. Apennin ya. o. va Sitsiliya, Sardiniya, Korsika o. lari oraligʻida joylashgan. Oʻrta dengizning boshqa qismlari bilan Korsika, Bonifacho, Sardiniya va Messina boʻgʻozlari orqali bogʻlangan. Mayd. 214 ming km2. Eng chuqur joyi 3830 m. Dengizning jan. sharqida Lipari o. lari joylashgan. Suvining trasi yuza qismida yezda 22—24,5°, qishda 13—14°. Shoʻrligi 37,2—38,2%,,. Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (bal. 0,5 m). Baliqovlanadi. Yirik portlari: Neapol, Palermo, Kalyari (Italiya), Bastiya (Fransiya).