TIRSAKLI VAL

TIRSAKLI VAL — porshenli dvigatellar, nasoslar, kompressorlar, temirchilikpresslash mashinalari va b. qurilmalardagi krivoshipli mexanizmning aylanuvchi zvenosi. Bitta yoki bir nechta tirsakli (nomi shundan) hamda bir nechta oʻqdosh oʻzak boʻyinlari, har bir tirsagida 2 ta shcheka va 1 ta boʻyin boʻladi. Boʻyinlar oʻzak boʻyinlar va shatun boʻyinlarga boʻlinadi. Oʻzak boʻyin podshipnikka tayanadi, shatun boʻyinga shatun biriktiriladi. Shatun boʻyinlarning oʻqi Tirsakli valning aylanish oʻqiga nisbatan biroz siljigan (narirokda) boʻladi. Porshenli mashinalar (mas., avtomobillar) da Tirsakli val tirsaklarining soni silindrlar soniga teng boʻladi. Tirsaklarning qanday tartibda joylashishi mashinaning ish sikliga, silindrlarning joylashishiga qarab belgilanadi. Tirsakli val uglerodli yoki legirlangan poʻlat yoki mustahkam choʻyandan yaxlit, quyma tarzda yoki bolgʻalash usulida yasaladi.


Lotin alifbosida maqola: TIRSAKLI VAL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
PAXTA TERISH MASHINALARI
ASBOBSOZLIK POʻLATI
TOSHKENT
VAQT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты