TIRUVANANTAPURAM

TIRUVANANTAPURAM, Trivandram — Hindistonning jan. qismidagi shahar, Malabar soxilida. Kerala shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 525 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning savdo va sanoat markazlaridan. Toʻqimachilik, yogʻochsozlik, rezinatexnika, kimyofarmatsevtika, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Kauchuk va kopraga ishlov beriladi. Badiiy hunarmandchilikda fil suyagi, qora yogʻochdan turli buyumlar tayyorlanadi. Unt bor. Tiruvanantapuram qadimda Travankur rojaligining poytaxti boʻlgan. Turizm rivojlangan. Tiruvanantapuram yaqinidagi Tumbu i. t. markazidan Hindistonning birinchi sunʼiy yoʻldoshi uchirilgan.


Lotin alifbosida maqola: TIRUVANANTAPURAM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
HINDISTON
YAPONIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты