TISELIUS

TISELIUS Arne Vilgelm Kaurin (1902.10.8, Stokgolm — 1971. 29.10, Upsala) — shved biokimyogari. Shvetsiya Qirollik FA aʼzosi (1939-y. dan). Upsala unti prof. (1938-y. dan), Biokimyo inti direktori (1951-y. dan). Tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqotlar boʻyicha Shvetsiya davlat kengashi raisi (1946— 50). Asosiy ilmiy ishlari adsorbsiya va elektroforez tadqiqotlariga oid. Adsorbsion xromatografiya usulini kashf etgan (1931 — 35) va undan foydalanib, tarkibida aminokislotalar, peptidlar, uglevodlar boʻlgan aralashmalarni sifat va mikdor jihatdan tahlil qilgan. Immunoelektroforez usuli bilan qon normal zardobining oqsil tuzilishini oʻrganishga asos solgan. Kimyo boʻyicha Nobel qoʻmitasi prezidenti (1960—71). Nobel mukofoti laureati (1948).


Lotin alifbosida maqola: TISELIUS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SHVETSIYA
KIMYO
TOSHKENT
FRANSIYA
BIOKIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты