TISSAGETLAR

TISSAGETLAR (yun. Thyssagetai) — antik davr mualliflari asarlarida qayd etilgan qad. qabilalar. Gerodot va b. ning guvogʻlik berishiga koʻra, Tissagetlar budinlar va savromapiardan Sharq va Shim.

Sharq tomonda, ulardan 7 kunlik masofadagi hududda yashaganlar. Tissagetlar oʻrmonlarda yashab, ovchilik bilan shugʻullanishgan, hayvon goʻshtlarini yeb, suyaklarini maʼbudlarga qurbonlik keltirishgan. Volgaorti, Uralning gʻarbiy tumanlari (Kama, Vyatka, Belaya, Chusovaya daryolari sohili boʻylab) ning oʻrmon zonasida yashashgan. Tissagetlarning Sharqiy Yevropaning shim. dagi qad. finugor qabilalari bilan qardoshligi haqida taxminlar mavjud.


Lotin alifbosida maqola: TISSAGETLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YEVROPA
TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты