TIT Flaviy Vespasian

TIT Flaviy Vespasian (Titus Flavius Vespasianus) (39—81) — Rim imperatori (79—81); flaviylar sulolasidan. Vespasianning oʻgʻli va vorisi. 73—79 y. larda Vespasianning taxtdoshi sifatida senatdagi aristokratlar oppozitsiyasi bilan kurash olib borgan. Imperator boʻlgach, senat bilan kelishib hokimiyatni boshqargan. 80 y. da Rimda sodir boʻlgan oʻlat va yongʻin, 79 y. 24 avg. da Vezuviy vulqonining otilishi (uning natijasida Pompeya, Gerkulanum va Stabiya sh. lari yoʻq boʻlgan) oqibatlarini tugatish hamda turli maqsadlar uchun tarqatiladigan sovgʻalar, tomoshalar va jamoat binoladei qurilishi (Kolizey, Termalar qurilishi tugallangan va b.) uchun katta mablagʻ sarflagan.


Lotin alifbosida maqola: TIT Flaviy Vespasian haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
RIM
TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты