VAGINIZM

VAGINIZM (lot. vagina — qin) , erzadalik — qin va chanoq tubi muskullarining tortishib qisqarishi; bu hol jinsiy aloqaga putur yetkazadi. Vaginizmda ayolning tashqi jinsiy aʼzosida roʻy beradigan ortiqcha ogʻriq sezuvchanlik er b-n yaqinlik qilish imkonini bermaydi. Shu sababdan ayol jinsiy aloqadan bezillab qoladi. Odatda bunday hol birinchi jinsiy aloqada qoʻpollikni sezgan ayoldagi ruhiy iztirob, qoʻrquv, erni xush koʻrmaslikda va ayrim hollarda tashqi jinsiy aʼzosida yalligʻlanish, jarohat boʻlgan ayollarda kuzatiladi. Baʼzan erkakning jinsiy zaifligi Vaginizmga sabab boʻlishi mumkin. Vaginizmning oldini olishda turmush qurayotgan yoshlarning mutaxassis tibbiy koʻrigidan oʻtishlari muhim.


Lotin alifbosida maqola: VAGINIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Yulduz Usmonova - Xush keldilar
JINSIY HAYOT
Xurshid Rasulov - Erni xotin boqmasin
JAROHAT
Tushda jinsiy aloqa korsa nima buladi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты