TITAN

TITAN (Titanum), Ti — Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 22, at. m. 47,88. T. oraliq metallarga kiradi. Titan massa sonlari 46 (7,95%), 47(7,75%), 48(73,45%), 49(5,51%), 50(5,34%) boʻlgan 5 ta barqaror izotopdan iborat. Uning bir necha sunʼiy radioaktiv izotoplari ham maʼlum. 1795-y. da nemis kimyogari M. Klaprot TiO2 (rutil) nomaʼlum elementning oksidi ekanligini aniklagan va oʻsha elementga Titan nomini bergan [T. nomi yun. afsonasidagi titanlar — Uran (Osmon) va Geya (Yer)ning bolalari nomidan olingan]. 1925-y. da Niderlandiya olimlari VanArkel va de Bur titan (IV) yodidni choʻgʻ holatidagi volfram simda parchalash yuli bilan sof Titan oldilar. T. Yer poʻstining massa jihatidan 0,57% ni tashkil qiladi. Titan tabiatda titan (1U)oksid TYU2 (rutil, anataz, brukit), temir titanat (yoki ilmenit) FeTiO3, kalsiy titanat (yoki peroskvit) CaTiO, holida uchraydi. Ilmenit koʻpincha magnetit bilan qoʻshilib FaTiO3 nFe3O4 tarkibli titan magnetitlar hosil qiladi. Bu mineral T. ning muhim rudalaridan.

Titan poʻlat kabi yaltiroq qattiq metall. Suyuqlanish trasi 1668±5°, qaynash trasi 3227°, zichligi 4,51 g/sm3. T. mustahkam va plastik, oson bolgʻalanadi va yoyiladi (prokatlanadi), odatdagi trada juda kuchsiz qaytaruvchi. Titan sirtida oksid parda hosil boʻlganligidan korroziyaga bardoshliligi jihatidan zanglamas poʻlatdan ham ustun turadi. U havoda oksidlanmaydi, dengiz suvida zanglamaydi, agressiv kimyoviy muhitlarda ham oʻzgarmaydi. Titan suyukdanish trasida eng faol metallar qatoriga oʻtadi. Kizdirilganda deyarli barcha elementlar bilan birikadi. Metallar bilan qattiq eritmalar va intermetalik birikmalar hosil qiladi. 600° dan yuqori t-rada havo kislorodi bilan oksidlanib, Titan (1U)oksid TYU2 ga oʻtadi. 700°dan yuqori trada azot bilan Titan nitrid TiN hosil qiladi. 300°dan yuqori trada vodorod xlorid bilan reaksiyaga kirishib, Titan (1U)xloridga aylanadi. Titan konsentrlangan sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishib, Titan sulfat (TiSO4)2 va sulfit angidrid SO2 hosil qiladi. Titanning H2Ti03 va N2TYU4 tarkibli kislotalari N4TYU5 va H4Ti08 tarkibli peroksokislotalari maʼlum. Titan oʻz birikmalarida 2 valentli boʻlishi ham mumkin.

Metall xrlidagi Titan ancha murakkab usulda olinadi. Avval Titan (1U)oksid Titan (GU)xloridga oʻtkaziladi. Soʻngra Titan (1U) xloridni argon yoki geliy atmosferasida magniy yoki natriy bilan qaytarilib, metall Titan olinadi. Sof Titan esa Titan (1U)yodidni parchalab hosil qilinadi. Sanoatda olinadigan Titanning asosiy qismi aviatsiya, raketa va kemasozlik texnikasiga zarur qotishmalar tayyorlash uchun ketadi. Titanning nikel va temir bilan hosil qilgan qotishmalari poʻlatga qoʻshiladi. Titan zaharli emas. U oʻsimlik va hayvon organizmida doim boʻladi. Umurtqali hayvonlarning shox hosilalari, taloq, qalqonsimon bezlarida uchraydi. Kishi organizmiga bir kechakunduzda oziq moddalar va suv bilan 0,85 mg Titan kiradi.

Titan birikmalari. Titan (1U)oksid TiO2 — oq kukun, qizdirilganda och sariq tusga kiradi, sovitilganda rangi yoʻqoladi. Tabiatda 3 xil kristall: rutil, anataz, brukit shaklida uchraydi. Suyuklanish trasi 1850°, qaynash trasi 3000° ga yaqin, zichligi 4,18 — 4,25 g/ sm3. T. (1U)oksid organik va suyultirilgan mineral kislotalarga, H2S va SO2 ga chidamli, ishqorlarda bir oz eriydi. Plastmassalar, sirlar, sunʼiy tolalar ishlab chiqarish. da, qogʻoz, rezina, charm, toʻqimachilik, metallurgiya va lokboʻyoq sanoatida qoʻllanadi.

Titanatlar — metatitanat, ortotitanat va polititanat kislotalarning tuzlari. Barcha titanatlar yuqori tralarda suyuqlanadi, suvda va suyultirilgan kislotalarda erimaydi, faqat konsentrlangan kislotalarda eriydi. Koʻpchilik titanatlarning dielektrik kirituvchanligi yuqori boʻlgani sababli kondensatorlar, ultratovush qurilmalari, elektron sxemalar, termokompensatorlar va b. ishlab chiqarihda qoʻllanadi. Oʻzgaruvchan tarkibli murakkab titanlardan armolkolit Oydagi togʻ jinslarida topilgan.

Titan galogenlar bilan birikib TiX2, TiX3 va TiX4 (bu yerda X — galogen) tarkibli galogeniddar hosil qiladi. Titan galogenidlarini amaliy ahamiyatiga koʻra quyidagi ketma-ketlikka joylashtirish mumkin: xloridlar, yodidlar, bromidlar, ftoridlar.

Titan tetraxlorid Ti S14 — oʻtkir hidli suyuqlik. Suyuklanish trasi — 23°, kaynash trasi 136°, zichligi 1,72 g/ sm3 (20°da). Suvda gidrolizlanib titan oksixlorid TiOCl2 yoki titan gidroksid (metatitanat kislota) N2TYU3 hosil qiladi. Konsentrlangan xlorid kislota taʼsirida xlortitanat kislota H2TiCl6 kompleksini beradi. Titan tetraxlorid sanoat koʻlamida ishlab chiqarilib, undan asosan (magniy va natriy bilan qaytarib) titan olinadi.

Titanning quyi xloridlar i TiCl3 va TiCl2 — beqaror moddalar; havoda oksidlanadi, gigroskopik. TiCl4 ni vodorod, rux, alyuminiy yoki titan bilan 700— 1000°da qaytarib hosil qilinadi. Organik birikmalarni polimerlash jarayonida katalizator sifatida qoʻllanadi.

Titan tetrayodid, Til4 — metall kabi yaltiroq qizilqoʻngʻir tusli kristallar. Suyuklanish trasi 150—156°, qaynash trasi 377°, zichligi 4,27—4,40 g/sm3. Suvda gidrolizlanadi. Kukun holidagi titanga 170 — 200°da yod taʼsir ettirib olinadi.

Titanning quyi yodidlar i d a n Til, (toʻq binafsha tusli qattiq modda; suyuklanish trasi 1030°) va Til2 (toʻq jigarrang qattiq modda; suyuklanish trasi 1050°) olingan.

Titan tetrabromid TiBr4 — sariq rangli kristall modda: suyuqlanish trasi 38°, qaynash trasi 232°, zichligi 3,24 g/sm3. Suvda gidrolizlanadi. Titan karbid yoki TiO2QC aralashmani brom bugʻi ostida qizdirish yoxud Ti va bromni yuqori tralarda biriktirish yoʻli bilan olinadi.

Titanning quyi bromidlari TiBr3 va TiBr2 — beqaror, oson oksidlanadigan va gidrolizga uchraydigan moddalar. TiBr4 ni qaytarish yoʻli bilan olinadi.

Titan tetraftorid TiF4 — oq rangli qattiq modda. 284°da suyuqlanmasdan qaynaydi, zichligi 2,8 g/sm3, yuqori t-ra (427°) va bosim ostida suyuqlanadi. Oʻta gigroskopik, suvda gidrolizlanadi. Titanga, titan karbidga yoki TYU2QS aralashmaga ftor taʼsir ettirib olinadi. Ftorid kislota bilan kompleks ftor titanat kislota H2TiF6 hosil qiladi. Uning tuzlari — ftortitanatlar K2TiF6, Na2TiF6 — barqaror moddalar, texnologik amaliyotlarda qoʻllanadi.

Titanning quyi ftoridlar i TiF3 va TiF2 xam olingan.

Ad.: Kornilov I. I., Titan, M., 1975; Svikker U., Titan i yego splavы, per. s nem., M., 1979.

Komil Tojiyev.


Lotin alifbosida maqola: TITAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
KIMYO
KALSIY
URAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты