VAGNER

VAGNER (Wagner) Adolf (1835. 25.3, Erlangen — 1917. 8.11, Berlin) — nemis iqtisodchisi, 23 yoshidan Freyburg, Gamburg, Vena, Berlin un-tla-rida moliya va siyosiy iqtisod kafedra prof. Siyosiy iqtisoddagi ijtimo-iy-huquqiy maktab asoschilaridan biri. Vagner tovar qiymati bilan isteʼmol qiyma-ti urtasidagi ziddiyatni rad etadi va «umumiy qiymat tushunchasi»ni taklif qiladi. U iqtisodiy inqirozlarni kapitalizm tabiatidagi ziddiyatlar bilan emas, balki texnikadagi oʻzgarishlar, ob-havo taʼsirida hosildorlik-ning pasayishi, moda va did oʻzgarishlarn, shuningdek siyosiy beqarorlik va b. orqali izo\laydi. Vagner tarixiy maktab gʻoyalari taʼsirida xoʻjalik hayotida huquqiy munosabatlar (mas., xususiy mulk) belgilovchi oʻrinda turadi deb hisoblagan va davlatning xoʻjalik hayotiga faol aralashuvi tarafdori boʻlgan. Ishchilar ahvolini yaxshilash boʻyicha qonunchilik tadbirlarini ish-lab chiqish maqsadida tuzilgan «Ijtimoiy siyosiy ittifoq» ning asoschilaridan biri (bu tadbirlarni u dav-lat sotsializmi deb atagan).


Lotin alifbosida maqola: VAGNER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GERMANIYA
XUSUSIY MULK
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты