TITAN QOTISHMALAR

TITAN QOTISHMALAR — tarkibida muayyan miqdorda legirlovchi elementlar [alyuminiy A1 (8%), molibden Mo(30%), vanadiy (V 16%), marganes Mp (8%), temir Gʻye (5%) va b. ] boʻlgan titan asosidagi materiallar. Mustahkamligi yuqori, uncha zich emas. Kriogen t-ra (—250°S) dan yuqori (300—600°S) tralarda dengiz suvi va b. yemiruvchi muhitlarda zanglash (korroziya) va yemirilishga turgʻun. Antifriksion (ishqalanishga qarshi) xossalari past boʻlganligi uchun Titan qotishmalardan tayyorlangan detallarning ishqalanuvchi sirtlarini moylab turishga toʻgʻri keladi. Titan qotishmalar samolyotsozlik, raketasozlik, energetika mashinasozligi, kemasozlik, kimyo sanoati va b. sohalarda ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: TITAN QOTISHMALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO
ANTIFRIKSION MATERIALLAR
TITAN
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты