VAGON PARKI

VAGON PARKI — 1) biror t. y. boʻlinmasi (st-ya, t. y. boʻlimi va b.) ning barcha t. y. tarmogʻidagi vagonlar soni. Vazifasiga koʻra, yoʻlovchilar va yuk tashiydigan Vagon parkiga boʻlinadi; texnik koʻrsatkichlari boʻyicha vagon turiga (berk vagon, yarim vagon, platforma), vagon oʻqlariga, oʻlchamlariga, yuk koʻtaruvchanligi va b. ga koʻra tasniflanadi. Muayyan t. y. hisobidagi barcha vagonlarni oʻz ichiga oluvchi inventar va t. y. izlarida qatnab turgan haqiqiy vagonlardan (qayerning hisobida boʻlishidan qatʼi nazar) iborat mavjud (real) Vagon parki boʻladi. Bulardan tashqari zaxiradagi Vagon parki ham koʻzda tutiladi;

2) vagonlar saqlanadigan, joriy taʼmirlanadigan, boʻyaladigan, yuviladigan binolar, maydonlar, ustaxonalar majmui (vagonlarningmukammal, yaʼni kapital taʼmirlanishi maxsus vagon taʼmirlash z-dlari — depolarda amalga oshiriladi).


Lotin alifbosida maqola: VAGON PARKI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
VAGON
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты