TITIKAKA

TITIKAKA — Markaziy And togʻlaridagi koʻl, Peru va Boliviya chegarasida. Jan. Amerikada eng katta, Yer sharida eng yirik baland togʻ kuli (3812 m balandlikda). Mayd. 8,3 ming km2. Uz. 150 km, kengligi 70 km, eng chuqur joyi 304 m. Kul urni tektonik soylik bulib, qirgʻoqlari egribugri, baʼzi joylari tik yon bagʻirli. Qamishzorlar bilan qoplangan. Titikakaga 45 ta dare va irmoklar kuyiladi, koʻldan Desaguadero daryosi oqib chiqib, Poopo koʻliga kuyiladi. Mart oyida suvi kupayib, may. —dek. da kamayadi. Qirgʻoqlari yaqinida suvi muzlaydi. Titikaka — qad. suv havzasi qoddigʻi. Koʻldan baliq ovlanadi. Kema qatnaydi. Koʻl boʻyidagi eng yirik shahar va port — Puno (Peru). Titikakaning jan. sharqiy sohilida va orollarda indeyslarning qad. madaniy yodgorliklari saklangan.


Lotin alifbosida maqola: TITIKAKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
BOLIVIYA
OKEAN
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты