TITISH MASHINASI

TITISH MASHINASI (toʻqimachilikda) — paxta, jun, kanop, zigʻir va b. tolalarni yigirishga tayyorlash maqsadida xaschoʻp va nuqsonli tolalardan tozalash va yoyib yumshatish qurilmasi. Yigiruvchilik va tolali materiallarga dastlabki ishlov berishdagi texnologik qurilmalardan biri. Mas., paxta tolasini titish uchun moʻljallangan Titish mashinasi taʼminlash bunkeri, valik (joʻva) lar, titish organi (qoziqli baraban), panjara (kolosnik), ventilyator, toʻrli barabanlar, titkichsavagichdan iborat. Titiladigan tolalar uyumi taʼminlash bunkeriga solinadi, valiklar va taʼminlash silindrlari ularni qozikli barabanga bir xil qalinlikda uzatib turadi. Baraban aylanganda qoziklari tolalarni titadi, shunda xaschoʻp va nuqsonli tolalar asosiy massadan ajralib, kolosnik orqali chiqindilar kamerasiga tushadi. Ventilyator hosil qiladigan kuchli havo oqimi titilgan va tozalangan tolalarni toʻrli barabanlarga uzatadi. Bu yerdan tolalar qatlami titkichsavagichga oʻtadi. Bu yerda yana titilib va tozalanib, navbatdagi mashina (yigirish mashinasi)ga uzatiladi. Titish mashinasining ish surʼati tolalar uzunligi birligiga yoki tolalar massasi qatlamiga toʻgʻri keladigan zarblar bilan belgilanadi.


Lotin alifbosida maqola: TITISH MASHINASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KOʻSAK CHUVISH MASHINASI
YER
JUN
PAXTA TERISH MASHINALARI
YIGIRISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты