TITO

TITO (Broz Tito) (Broz Tito) Iosip (1892.25.5, Kumroves, Xorvatiya — 1980. 4.5) — Yugoslaviya prezidenti (1953-y. dan), YUSFR Prezidiumi raisi (1971-y. dan), marshal (1943). 1915-y. harbiy asir sifatida Rossiyada boʻlgan. 1920-y. vataniga qaytib Yugoslaviya kompartiyasi (YUKP)ga aʼzo boʻlib kirgan. 1934-y. dan YUKP raxbariyatida. 1935—36 y. larda Moskvada, Kominternda ishlagan. 1937-y. dek. dan Yugoslaviyada YUKPni boshqargan; Yugoslaviya Kommunistlar soyuzi (YUKS) raisi (1966-y. dan; 1940— 66 y. larda bosh kotib). Yugoslaviyadagi xalq ozodlik urushi davri (1941 — 45) da Yugoslaviya xalq ozodlik armiyasi bosh qoʻmondoni. 1945-y. Yugoslaviya hukumati boshligʻi. 1948-y. SSSR va Yugoslaviya oʻrtasida davlatlararo va partiyalararo munosabatlar uzilgandan soʻng, Tito oʻzining sotsialistik jamiyat qurish modelini ilgari surgan. Qarshilik koʻrsatish harakati rahbarlaridan biri boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: TITO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
IKKINCHI JAHON URUSHI
ROSSIYA
FRANSIYA
Milliy ozodlik harakati


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты