VADUS

VADUS — Lixtenshteyn knyazligining poytaxti. Reyn daryosining oʻng sohilida, Retikon togʻi etagida joylashgan. Axoliyey 4,8 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Vadus mamlakatning savdo-moliya markazi. Shaharda mayda sanoat korxonasi koʻp; sanoat mahsulotiningdeyarli hammasi chetga chikariladi. Vadus va uning atrofida aniq mashinasozlik, asbobsozlik, samolyotsozlik, raketasozlik, sanoati uchun detallar tayyorlovchi korxonalar, Yevropadagi eng katta «Neolitsa» sunʼiy (chinni) tish f-kasi bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Vadusda yirik bank, kollej, muzeylar, pochta markalari bozori, meʼmoriy yodgorliklardan 9-a. da qurilgan kalʼa bor. Turizm rivojlangan. Shahar 1342-y. da vujudga kelgan.


Lotin alifbosida maqola: VADUS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
LIXTENSHTEYN
TISH
FRANSIYA
POCHTA ALOQASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты