TITRLASH — maʼlum konsentratsiyali reaktiv eritmasini aniklanayotgan modda eritmasiga reaksiya tugaguncha ozozdan, astasekin qoʻshish. T. ning oxiri indikator rangining oʻzgarishi, eritmaning loyqalanishi, loyqaligining yoʻqolishi yoki tekshirilayotgan eritmaning boshqa fizikkimyoviy xossalarining oʻzgarishiga qarab aniklanadi (q. Hajmiy analiz).