TIFLOTEXNIKA

TIFLOTEXNIKA — koʻrlar, koʻzi ojizlar va koʻrkarlarni oʻqitish, mehnat faoliyatiga tayyorlash, ularga madaniymaishiy xizmat koʻrsatish, koʻzi ojizlarning koʻrish qobiliyatini kuchaytirish va tiklash uchun moʻljallangan maxsus asbobsozlik sohasi. Tiflotexnika oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, oftalmologiya, koʻrish neyrofiziologiyasi, elektrofiziologiya, fiziologik optika, koʻrish gigiyenasi, ergonomika, umumiy, muhandislik va tibbiy psixologiya, tiflopedagogika, tiflopsixologiya, aloqa nazariyasi, elektronika, axborotlar nazariyasi va b. sohalarga asoslanadi. Elektron T. narsalar, vizual jarayonlar va hodisalar toʻgʻrisida koʻrlarga obyektiv axborot beradi. Koʻrlar va koʻzi ojizlarning odatdagi kitob, jurnali, gazeta va b. ni «oʻqishlari» uchun oddiy harflarni ovoz, taktil, taktiltitrama signallarga aylantirib beruvchi «oʻqish» mashinalari ishlab chiqilgan. Maxsus apparatlar maktablar va b. bilim yurtlarida u^kaziladigan lab. ishlarida koʻr va koʻzi ojizlarning atrofdagi narsalar, jarayonlar va xrdisalar toʻgʻrisida muayyan tasavvur olishlariga imkon beradi. Koʻrlarning koʻchakuyda moʻljal olishlarini osonlashtirish uchun tovush yoki taktil signalizatsiyali elektron asboblar yaratilgan, maxsus elektron hassalar ishlab chiqarilgan.

Koʻrlar va koʻrkarlarning yozishlari uchun L. Brayl tizimida turli asboblar va maxsus yozuv mashinkalari ishlab chiqarilgan. Koʻzi ojizlar uchun maxsus linzalar, proyeksion apparatura, oʻqish moslamalari, maktablardagi frontal mashgʻulotlar uchun berk tizimdagi televizion qurilmalar mavjud. Bunday vositalarning yangi turlarini ishlab chiqish borasida i. t. ishlari olib borilmoqda.

Koʻzi ojizlarning koʻrish qobiliyatini kuchaytirish va tiklash uchun turlituman optik asboblar yaratilgan. Koʻrlar va koʻzi ojizlarning mehnat faoliyatiga koʻmaklashish uchun ish unumdorligini oshirishga yordam beradigan, mehnat xavfsizligini taʼminlaydigan qurilmalar ishlab chiqarilgan. Tiflotexnika koʻz va qulogʻida kamchiliklar boʻlgan odamlarning hayot kechirishi va mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun juda muhim ahamiyatga ega.


Lotin alifbosida maqola: TIFLOTEXNIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
ERGONOMIKA
TOSHKENT
PSIXOLOGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты