VAZELIN

VAZELIN (frans. vaseline, nem. wasser — suv va yun. elaion — zaytun moyi) — mineral moy b-n qattiq uglevodorodlar (parafin, serezin, petrolatum) aralashmasi; hidsiz, muloyim, oq yoki sariq modda, taʼmi yoʻq. 37—50° da suyuqlanadi; suvda erimaydi. Qoʻllash maqsadiga muvofiq turli tarkibda tayyorlanadi. Vazelin kosmetika va tibbiyotda surtma (maz) tayyorlashda qoʻllaniladi, yalligʻlanishga qarshi taʼsir etadi va terini har xil zararli taʼsirlardan saqlaydi; texnik maqsadlarda (qogʻoz, mato va sh. k. ga singdirish uchun), shuningdek elektrotexnika va lab. amaliyotida, texnikada antifraksion va himoya qiluvchi surkov moyi sifatida ishlatiladi. Vazelin moyi (parafin moyi) — neft distillatini tozalab olina-digan uglevodorodlar aralashmasi, tibbiyotda surgi sifatida ishlatiladi (surunkali qabziyatda kuniga 1—2 osh qoshiqsan ichiladi) va surtmaga qoʻshiladi.


Lotin alifbosida maqola: VAZELIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YALLIGʻLANISHGA QARSHI DORILAR
MINERAL
YER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты