VAZIR

VAZIR (arab. — yuk koʻtaruvchi) — oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. Vazirlar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. Vazirlar podshoh, xon viloyat hokimligiga tayinlagan shahzoda va xonzodalarning yordamchilari hisoblangan. Arab xalifaligida Vazir lavozimini 1-bulib xalifa al-Mansur (754—775) joriy etgan. Somoniylar davrida 10 devon boʻlib, ularni xojayi buzurg, sohib barid, mushrif, vakil, muxtasib va b. vazirlar boshqargan. Amir Temur va uning vorislari zamonida saltanatning markaziy maʼmuriyatini bosh vazir — devonbegi boshliq 7 V. dan iborat arkoni davlat boshkargan. Ular:

1) mamlakat va raʼiyat ishlari,

2) harbiy ishlar,

3) ti-jorat,

4) moliya ishlari boʻyicha Vazirlar sanalib, yana 3 nafar maxsus Vazir chegara viloyatlari va tobe mamlakatlardagi ishlarni nazorat qilib turgan. Maz-kur 7 V. devonbegiga boʻysungan va ular bilan bamaslahat davlatning muhim moliyaviy ishlarini olib borishgan. Xiva xonligida Vazir yuqori mansabdor shaxs sanalib, vazifasi soliq toʻplash, qoʻshni xonliklar bilan aloqa qilish, amaldorlarni tayinlash va h. k. dan iborat boʻlgan.

Xoʻjalik yoki boshqaruvning alohida bir sohasiga rahbarlik qilib kelgan amaldorlarni sobiq shoʻrolar davrida komissar, ministr, ana shu boshqaruv orgamini esa komissarlik, mini-strlik soʻzlari bilan atash rasm boʻlgan edi. Bu atamalar Oʻzbekistonda ham mustaqillik yillarigacha qoʻllanib kelinib, keyin vazir, vazirlik istilohlari bilan almashtirildi.


Lotin alifbosida maqola: VAZIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TEMURIYLAR
TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты