TICHINA

TICHINA Pavlo (Pavel) Grigoryevich [1891.15. (27).1, hoz. Chernigov viloyati, Ukraina — 1967.16.9, Kiyev] — ukrain shoiri, davlat va jamoat arbobi. Ukraina FA akad. (1929), Ukraina Oliy Majlisi raisi (195359), SSSR Oliy Soveti Millatlar Soveti raisi oʻrinbosari (195462). 1918-y. «Quyoshli klarnetlar» sheʼriy kitobi nashr qilingan. «Ukrainadan esgan shamol» (1924), «Chernigov» (1931), «Yagona oila tuygʻusi» (1938), «Poʻlat va nafosat» (1941) kabi sheʼriy toʻplamlarida vatanparvarlik va tinchlik motivlari ifodalangan. «Kotovskiy qilichi» (1938), «Shevchenko va Chernishevskiy» dostonlari (1939) muallifi. «Yengmoq va yashamoq» (1942), «Doʻstni dafn etish» (1943) sheʼr va dostonlari 2jahon urushiga bagishlangan. Urushdan keyingi davrda dolzarb mavzudagi sheʼriy asarlar, bolalar uchun ertaklar hamda adabiyotshunoslik masalalariga oid maqolalar yozgan. «Tanlangan asarlari» (1957,3 jildli) uchun T. G. Shevchenko nomidagi Ukraina Davlat mukofoti berilgan (1962). Ayrim sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.


Lotin alifbosida maqola: TICHINA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



UKRAINA
TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
IKKINCHI JAHON URUSHI
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты