VAZIRLIK

VAZIRLIK — muayyan davlatlarda alohida bir sohaga rahbarlik qiladigan ijrochi organ. V. rahbari, odatda, hukumat tarkibiga kiruvchi davlat arbobi hisoblanadi. Vazirliklar qonun chiqaruvchi oliy organlar (mas., AQSHda) yoki davlat rahbari (mas., Fransiyada) tomonidan, qonunlar yoxud hukumat aktlari asosida (mas., Buyuk Britaniyada) tashkil qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasida Vazirlik davlatning markaziy boshqaruv organi, davlat mahkamasining muhim qismi. Asosiy vazifasi — iqtisodiyot muayyan tarmogʻiga, ijtimoiy-madaniy qurilish va maʼmuriy-siyosiy faoliyatga rahbarlik qilishdan, oʻziga topshirilgan tarmoqning har jihatdan rivojlanishini taʼminlashdan iborat. Vazirliklar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbarligida ish olib boradi va tarmoqqa oid barcha masalalarni oʻz huquqi doirasida hal etadi. Vazirlikni hukumat tarkibiga kiradigan vazir boshqaradi. Oʻzbekistan Respublikasi Prezidenta Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini tayinlaydi va lavozimidan ozod qila-di, keyinchalik bu masalalarni Oliy Majlisning tasdigʻiga kiritadi («Oʻzbekistan Respublikasining Konstitutsiyasi», 93-modda).


Lotin alifbosida maqola: VAZIRLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI
BUYUK BRITANIYA
FRANSIYA
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты