VAZIROV

VAZIROV Najafbek (Fataliboy oʻgʻli) [1854. 5(17). 2, Shusha – 1926. 9. 7, Boku] — ozarbayjon dramaturgi, publitsist, jamoat arbobi. Ozarbayjon zamonaviy teatrining asoschilaridan. Ilk bor Bokuda (ozarbayjon tilida) Mirza Fatali Oxundovning «Lenkoron xonining vaziri» va «Hoji Qora» komediyalarini sahnalashtirishda ishtirok etgan (1873). «Eti sizniki, suyagi bizniki» (1873), «Uy tarbiyasining bir shakli» (1875) komediyalarida eski oʻqituv usuli, ibtidoiy taʼlim shakli tanqid qilinadi. «Baxtsiz» (1874) dramasida ayollarning qismati, turmushdagi huquqsizligi tasvirlanadi. «Musibati Faxriddin» (1896) ozarbayjon dramaturgiyasidagi birinchi fojiaviy dramadir. «Uy tarbiyasining bir shakli», «Musibati Faxriddin» asarlari Abdulla Avloniy tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilinib, Toshkentdagi «Turon» teatr truppasi tomonidan sahnalashtirilgan.


Lotin alifbosida maqola: VAZIROV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OZARBAYJON
TEATR
ABDULLA QODIRIY
TOSHKENT
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты