VAZOV Ivan Minchov

VAZOV Ivan Minchov (1850. 9. 7, Sopot – 1921. 22. 9, Sofiya) — bolgar yozuvchisi, jamoat arbobi. Vazovning asosiy nazmiy asarlaridan biri «Rad etilganlar epopeyasi» (1881—84) vatanparvarlik ruhi bilan yoʻgʻrilgan tarixiy mavzudagi liro-epik poemalar turkumidan iborat. «Zulm ostida» (1889—90) romani milliy ozodlik kurashi toʻgʻrisida. Koʻpgina Yevropa tillariga tarjima qilingan bu roman jahon adabiyotining sara asarlaridandir. 90-y. lar boshida Vazov ijodidagi tarixiy-qahramonlik mavzusi ijtimoiy fosh etuvchi mavzu bilan almashadi («Yangi yer»,1896; «Kazalar malikasi» romanlari, 1903). U oʻrta asrdagi Bolgariya hayotidan tarixiy dramalar, shuningdek «Shuhratga nomzodlar» (1901), «Yogʻliq joy axtaruvchilar» (1903) komediyalarini yozdi.


Lotin alifbosida maqola: VAZOV Ivan Minchov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOLGARIYA
YER
ROSSIYA
XITOY
ROMAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты