VAZOPRESSIN

VAZOPRESSIN (lot. vas — tomir va presso — bosaman) , antidiuretik gormon — gipotalamusda hosil boʻladigan neyrogormon. Kimyoviy tabiatiga koʻra polipeptid. Tomirlarning silliq muskullariga taʼsir etlb, ularni toraytiradi va qon bosimini oshiradi, buyraklarning kanalchalarida suvning qayta soʻrilishini kuchaytirib shu tariqa siydik ajralishini kamaytiradi (antidiuretik taʼsir). Vazopressin gipotalamus oldingi yadrolarining neyrosekretor hujayralarida hosil boʻlib, nerv tolalari orqali gipofizga oʻtadi, undan qonga ajraladi. Vazopressin antidiuretik taʼsir koʻrsatganligi uchun umurtqali hayvonlar bilan odam organizmida suvtuz almashinuvini deyarli bir meʼyorda saklab turadi. Bu gormon yetishmaganda qandsiz diabet paydo boʻlishi mumkin. Tarkibida Vazopressin bor preparatlar gipofizning orqa boʻlagidan olinadi.


Lotin alifbosida maqola: VAZOPRESSIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
NERV SISTEMASI
VEGETATIV NERV SISTEMASI
OVQATLANISH
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты