TISHLI GʻILDIRAK

TISHLI GʻILDIRAK, shesternya — bir valdan ikkinchi valga harakat uzatish uchun moʻljallangan detal; tishli uzatmaning asosiy detali. Silindr yoki konussimon sirtlarga tishlar kesilgan diyekdan iborat. Bir Tishli gʻildirak tishlari ikkinchi Tishli gʻildirak tishlari bilan ilashib harakat uzatadi. Tishli gʻildirak termik yoki kimyoviytermik ishlov berilgan legirlangan poʻlat, plastmassa, yogʻoch, tekstolitdan tayyorlanadi. Silindrik, evolventa, sikloidal va b. shakllarda yasaladi. Silindrik Tishli gʻildirak tishlari tashqi va ichki boʻladi. Tishlar toʻgʻri vintsimon, shevron va qiyshiq qilib yasaladi. Tishli gʻildirak shesternya deb ham ataladi. Mas., reduktorsozlikda tishlar sonidan qatʼiy nazar kichik Tishli gʻildiraklar shesternya, kattalari gʻildirak deyiladi. Mashina, asbob, apparat, hisoblagich va b. mexanizmlarda turli shakllardagi Tishli gʻildiraklar ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: TISHLI GʻILDIRAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
TISHLI UZATMA
TRAKTOR
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты