VAYJANTEMALA

VAYJANTEMALA (1931. 25.6, Maysur sh.) — hind raqqosasi va kino aktrisasi. Sanʼatkorlikni onasidan oʻrgangan. Vayjantemala juda yoshligidan eʼtiborli kishilar davrasida (hindlarning anʼanalariga koʻra) raqsga tushishdek katta imtiyozga ega boʻldi va koʻp oʻtmay hind raqs sanʼatining mashhur ijrochisiga aylandi. Vayjantemala raqs sanʼatining yuqori choʻqqisi boʻlgan mumtoz uslubdagi «Bxarat Natyam» raqslarining ham mohir ijrochisi. Kinoda 16 yoshidan suratga tusha boshlagan. «Yangi Dehli», «Chaqiriq», «Ganga va Jamna», «Prokurorning oʻgʻli», «Sangam» filmlarida bosh rollarni — muhab-bat sanamlari timsolini gavdalantirdi.


Lotin alifbosida maqola: VAYJANTEMALA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HINDISTON
KINO SANʼATI
XITOY
YAPONIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты