VAYNSEP

VAYNSEP, uaynsep — kechpishar olma navi, Amerikadan keltirilgan. Daraxti oʻrta boʻyli, shox-shabbasi keng. Koʻchati oʻtkazilgach, 6—7 yilda hosil-ga kiradi. Apr. ning oʻrtalarida gullaydi. Mevasi oʻrtacha (100—120 g), yumaloq, och kizil, sirti mayda oq nuqtalar b-n qoplangan. Eti sargʻish, oʻrta shirali, (12,5 % qand 0,6 % kislota), tigʻiz, xushboʻy. Mevasi sent. oxiri — okt. boshlarida uziladi, 4—5 oygacha yaxshi saklanadi. Tupidan 350—400 kg hosil olinadi. Sovuqka chidamli. Unumdor tuproklarda va yaxshi parvarish qilinganda moʻl hosil beradi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlaridagi bogʻdorchilikka ixtisoslashgan xoʻjaliklar uchun tavsiya etilgan.


Lotin alifbosida maqola: VAYNSEP haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар
Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар
Umar Shayx Mirzo Bahodir
JONATAN
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты